“Rossiya kutubxonalari yig‘ma katalogi” 8 milliondan ortiq bibliografik yozuv va 30 millionga yaqin nusxa yozuvlar mavjud.
“Rossiya kutubxonalari yig‘ma katalogi” mamlakatning 500 dan ortiqroq yirik kutubxonalar fondi hujjatlarini o‘z ichiga olgan. Jumladan: Rossiya Davlat kutubxonasi, Rossiya Milliy kutubxonasi, Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limining Davlat ommaviy ilmiy-texnika kutubxonasi, Rossiya Davlat ommaviy tarix kutubxonasi, Markaziy ilmiy tibbiyot kutubxonasi, Rossiya qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasi markaziy ilmiy qishloq xo‘jalik kutubxonasi va boshqalar.