Kutubxonalarning yagona axborot qidiruv tizimi

Oddiy qidiruv

Batafsil qidiruv


1269
Kutubxonalar
1163126
Yozuvlar
839893
UZMARC almashinuvi

Yig'ma elektron katalog haqida

Yig'ma elektron katalog nima?

“Yigʻma elektron katalog” – dasturiy taʼminoti mamlakatimizda yaratilgan ilk milliy formatdagi dasturiy taʼminot boʻlib, elektron kataloglar yaratish, ularni birlashtirish va bibliografik yozuvlarnining takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik va oʻz navbatida mehnat kuchini oqilona taqsimlashga erishish hisoblanadi. Yigʻma elektron katalog turli axborot-kutubxona muassasalarining elektron kataloglarini oʻzida birlashtiradi va maʼlumotni bir vaqtning oʻzida turli elektron kataloglardan qidirish imkonini beradi.

YEKning normativ-huquqiy asosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-fevraldagi “2011-2015 yillarda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi PQ-1487-sonli qaroriga muvofiq Respublika boʻyicha yig‘ma elektron katalogni yaratish va shakllantirish maqsadida 2013-yilda Respublika yigʻma elektron katalog markazi va “BEPRO” dasturchilar markazi bilan hamkorlikda Yig‘ma elektron katalog (YEK) tizimi ishlab chiqildi. 2014-yil sentabr oyidan YEK tizimi internet tarmog‘iga ulandi va axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikda ishlay boshladi.

O'lkashunoslik tadqiqotlari

O'lkashunoslik tadqiqotlari

Agar sizni o‘lkashunoslik, ya’ni hududlarning tarixi, madaniyati va ijtimoiy hayoti qiziqtirsa, siz to‘g‘ri manbaga murojaat qildingiz. Axborot-kutubxona muassasalari mahalliy ahamiyatga ega noyob ma’lumotlarning asosiy manbai hisoblanadi. Ushbu manbalarda hududlar tarixi, diqqatga sazovor joylar, mashhur shaxslar, mahalliy an’analar, tarixiy voqealar, shuningdek, kitoblar, gazeta-jurnallar, fotosuratlar va boshqa o‘lkashunoslikka oid materiallar haqida ma'lumotlar jamlangan.

Barchasini ko‘rish